Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy loyihalar uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasi shakllantirishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy loyihalar uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasi shakllantirishni taklif qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yig‘ilishida mintaqaviy loyihalar uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasi shakllantirish taklifini ilgari surdi.

«Yuqorida aytib o‘tilgan barcha taklif va tashabbuslarni biz Osiyo taraqqiyot banki bilan faqat suveren kreditlar doirasida emas, balki davlat-xususiy sheriklik, kafolat instrumentlari, aralash moliyalashtirish va xususiy kapitalni jalb etish orqali faol hamkorlikda amalga oshirishga tayyormiz. Shu munosabat bilan mintaqaviy loyihalar uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasini shakllantirishni taklif etamiz», – dedi Prezident.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlar Osiyo taraqqiyot bankining keng mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi muhim o‘rnini yanada oshirmoqda.

O‘zbekiston bank prezidenti, xalqaro moliya va iqtisodiy munosabatlar sohasida katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan Masato Kandaning olib borayotgan samarali islohotlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi bildirildi.

Qayd etish joizki, anjumanda dunyoning 100 dan ortiq davlati, xalqaro moliya tashkilotlari, yetakchi banklar va kompaniyalarning nufuzli ekspertlaridan iborat 4 mingdan ziyod vakillar qatnashmoqda.

«Samarqand platformasida ilgari suriladigan muhim taklif va tashabbuslar kelgusida katta amaliy natijalarga, har bir kelishuv esa aniq va foydali loyihalarga aylanishiga ishonaman», – dedi davlat rahbari va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring