Mobiwin 2.0 finalida 700 million so‘m o‘ynaldi
2026-yil 13-martdan 31 maygacha bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli Mobiwin 2.0 aksiyasi Mobiuz abonentlariga har hafta 5 million so‘m ishlab olish imkoniyatini taqdim etdi. Buning uchun mobil ilova foydalanuvchilari kunlik faollik uchun ballar to‘plashdi: ilovaga kirish, xizmatlar uchun to‘lov, internet-to‘plamlarni ulash va do‘stlarni taklif qilish.
Aksiya o‘tkazilgan ikki yarim oy davomida eng ko‘p ball to‘plagan besh nafar finalchi finalda uchrashdi. Aksiyaning asosiy g‘olibi ijtimoiy tarmoqlarda Mobiuzning rasmiy saxifalarida onlayn efirida aniqlandi.

Finalchilar uchun topshiriq bitta edi: maxsus qizil tugmani roppa-rosa 10 soniyada yoki shu vaqtga iloji boricha yaqinroq bosib turish va qo‘yib yuborish. Soatsiz, yo‘l-yo‘riqsiz, faqat vaqtni ichki his qilish orqali. Barchasi santisekundlar (sekundning yuzdan bir qismi)da hal qilindi.

Natijada finalchilar orasida eng aniq harakat qilgan andijonlik Murodjon A. g‘olib bo‘ldi. U 500 mln so‘m yutib oldi.

50 mln so‘mdan sovrindorlar: Samarqand viloyatidan Rasul I., Shahlo B., Mansur I. va Qashqadaryo viloyatidan Sohiba E.
MobiWin 2.0 finalining to‘liq yozuvini Mobiuzning Instagramdagi rasmiy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Reklama


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter