Namanganda katta miqdorda sifati noma’lum dorilar aniqlandi
Namangan viloyatida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 577,4 mln so‘mlik dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro A.T. va boshqalar «Boburshoh» MFY hududidagi xonadonda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 577,4 mln so‘mlik 56 turdagi 13 184 quti dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlangan. Ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter