Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ohangarondagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ohangarondagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati IIBB ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxsning Ohangarondagi savdo do‘konlaridan biriga miltiq bilan kirib, sotuvchiga tan jarohati yetkazgani aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 22-oktyabr kuni, tumanning «Ko‘ksaroy» MFY hududida yashovchi 33 yoshli R.Q (erkak), shar’iy nikohida bo‘lgan 35 yoshli N.Sh (ayol)ning yoniga, o‘ziga tegishli ov quroli, (2021-yildan, Ovchilik jamiyatiga a’zo) bilan kelib, o‘rtalaridagi nizo sababli ayolga tahdid qilgan va urib tan jarohati yetkazgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan, hududiy IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi fuqaro tergovga jalb qilingan.

Unga 2021-yildan berilgan ovchilik guvohnomasi bekor qilinib, TOZ-34 rusumli ov quroli musodara qilingan.

Jabrlanuvchi, N.Sh (ayol)ning olgan tan jarohati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, joriy yil 11-noyabrda olingan STE xulosasiga ko‘ra ayolda (sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan) yengil tan jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan.

Hozirgi kunda holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan to‘liq nazoratga olinib, Ohangaron tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring