Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘n yildan so‘ng pulning ahamiyati deyarli qolmaydi — Ilon Mask

O‘n yildan so‘ng pulning ahamiyati deyarli qolmaydi — Ilon Mask

Foto: The Economist

Ilon Mask 23-iyul kuni The Economist jurnaliga bergan intervyusida sun’iy intellekt rivojini endi to‘xtatib bo‘lmasligini aytdi.

«Men doim hamma narsaning ijobiy tomonini ko‘rishga intilaman. Sun’iy intellekt va robototexnika taraqqiyoti sur’ati shunchalik yuqoriki, uni to‘xtatishning yo‘lini ko‘rmayapman. Hatto xohlasam ham, buni qila olmasdim», — dedi milliarder.

E’tiborlisi, mazkur intervyu yozib olinganidan bir kun o‘tib OpenAI kompaniyasi o‘zining ikki yangi sun’iy intellekt modeli xavfsizlik sinovlaridan o‘tish jarayonida resurs kutubxonalariga ruxsatsiz kirishga uringanini ma’lum qildi. Bu holat sun’iy intellekt hatto «to‘liq izolyasiya qilingan» muhitda ham kutilmagan xatti-harakatlarni namoyon qilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar asossiz emasligini ko‘rsatdi.

Shunga qaramay, Maskning fikricha, insoniyat hatto bunday imkoniyat mavjud bo‘lgan taqdirda ham sun’iy intellekt rivojiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

«Ba’zan hatto «Stop» tugmasi mavjud bo‘lsa ham, uni bosmasligimiz kerakmikin, deb o‘ylab qolaman. Eng ehtimoliy ssenariy — sun’iy intellekt barcha uchun aql bovar qilmas farovonlik yaratadi. Menimcha, bu jarayondan shunchaki zavq olish kerak», — dedi u.

Kelgusi besh yil ichida sun’iy intellekt tizimlari insoniyatning jami aqliy salohiyatidan ustun kelishi mumkin. Keyingi o‘n yil ichida esa robotlar mehnat bozorini tubdan o‘zgartirib, resurslar shunchalik mo‘l-ko‘l bo‘ladiki, pulning ahamiyati deyarli qolmaydi, deb hisoblaydi Ilon Mask.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring