Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston aeroportlari portlovchi moddalarni sezuvchi uskunalar bilan jihozlanadi

O‘zbekiston aeroportlari portlovchi moddalarni sezuvchi uskunalar bilan jihozlanadi

O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida aviaxavfsizlikni kuchaytirish maqsadida yangi avlodga mansub zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi.

«Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati ma’lum qilishicha, AQSh hukumati mamlakatga 12 dona LEIDOS gaz analizatorini bepul taqdim etdi. Loyiha AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va Transport xavfsizligi ma’muriyati (TSA) bilan hamkorlikda, Eksport nazorati va chegara xavfsizligi (EXBS) dasturi doirasida amalga oshirilgan.

Mazkur uskunalar yuklar, pochta jo‘natmalari va bagajni tekshirish jarayonida portlovchi moddalarning izlari va bug‘larini aniqlash imkoniga ega bo‘lib, aviaxavfsizlik sohasidagi eng so‘nggi texnologiyalardan hisoblanadi.

«Uzbekistan Airports» raisi o‘rinbosari Behzod Yusupovning ta’kidlashicha, ushbu hamkorlik nafaqat aeroportlarda xavfsizlik darajasini oshiradi, balki zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mutaxassislarning malakasini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Kompaniya O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlik doirasida bu kabi qo‘shma loyihalarni kengaytirish va ilg‘or tajribalar almashinuvini davom ettirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring