Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab «Mustaqillik to‘yi» festivali o‘tkaziladi

O‘zbekiston bo‘ylab «Mustaqillik to‘yi» festivali o‘tkaziladi

Foto: Rasmiy xabarlar

Mamlakatimiz bo‘ylab «Mustaqillik to‘yi» festivali bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning may-sentyabr oylarida mamlakatimiz bo‘ylab «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida «Mustaqillik to‘yi» festivali o‘tkaziladi. 

Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etiladi.

Festival doirasida o‘ndan ortiq ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy loyihalar amalga oshiriladi. 

Bu haqda Respublika tashkiliy qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tashabbus haqida ilk bor Prezidentning O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonlash bo‘yicha qarorida aytilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring