Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Qirg‘izistonga ko‘chib ketgan o‘zbekistonliklarning pensiyasi to‘xtatilmaydi

Endi Qirg‘izistonga ko‘chib ketgan o‘zbekistonliklarning pensiyasi to‘xtatilmaydi

Foto: Xabar.uz

Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuv doirasida O‘zbekiston Hukumati va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim imzolandi.

Bitimga ko‘ra, u kuchga kirganidan keyin orttirilgan mehnat staji uchun pensiyani tegishli staj to‘plangan davlat tayinlaydi va to‘laydi.

Shuningdek, fuqaro boshqa tomon hududiga ko‘chib o‘tgan taqdirda ham tayinlangan pensiyasini olishda davom etadi.

Pensiyaga chiqqan fuqaro vafot etgan taqdirda, dafn etish nafaqasi u vafot etgan vaqtda doimiy yashagan davlat qonunchiligiga muvofiq tayinlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring