Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aholi yarim yilda banklarga 12,3 mlrd dollar sotgan

O‘zbekistonda aholi yarim yilda banklarga 12,3 mlrd dollar sotgan

2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston ichki valyuta bozorida xorijiy valyuta taklifi talabga nisbatan tezroq o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, mazkur davrda xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab qariyb 32 milliard AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga oshgan. Shu bilan birga, Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmagan holda valyuta taklifi 27,8 milliard dollarga yetib, 31 foizga o‘sgan.

Yanvar-iyun oylarida aholi tijorat banklariga 12,3 milliard dollar sotgan bo‘lib, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,4 barobar ko‘pdir. Shu vaqtning o‘zida fuqarolar banklardan 6,8 milliard dollar sotib olgan. Natijada aholi tomonidan valyuta taklifi talabdan 5,5 milliard dollarga yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarim yilligida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga 9,3 milliard dollar kirib kelgan, 1,3 milliard dollar chiqib ketgan. Bu esa 8 milliard dollarlik ijobiy saldo shakllanganini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring