Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda eng ko‘p pensionerlar qaysi hududlarda yashaydi?

O‘zbekistonda eng ko‘p pensionerlar qaysi hududlarda yashaydi?

Foto: Bizexpert.kg

2026 yil 1 iyul holatiga O‘zbekistonda pensionerlar soni 4 361 432 nafarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 158 897 nafarga yoki 3,8 foizga ko‘p. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yil boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra, respublika aholisining 11 foizi pensiya oladi.

Ma’lum qilinishicha, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 139 940 nafarga (4 foiz), boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar soni 12 224 taga (4,9 foiz), nogironlik pensiyasi oluvchilar esa 6 733 nafarga (1,4 foiz) oshgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p pensioner Farg‘ona viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 515 377 nafarni tashkil etadi. Bu respublikadagi har sakkizinchi pensioner aynan shu viloyatda yashashini anglatadi.

Shuningdek, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga mamlakatdagi jami pensionerlarning 41 foizi to‘g‘ri keladi. Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 111 ming 319 nafar pensioner mavjud.

Nogironlik pensiyasi oluvchilar ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar esa Navoiy viloyati (18,2 foiz), Sirdaryo viloyati (17,7 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (15,3 foiz) bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring