Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda gumanoid robotlar ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda gumanoid robotlar ishlab chiqariladi

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirlig

Toshkentdagi «Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasida gumanoid robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishiga start berildi. Mazkur tadbir beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etildi.

Poydevorga birinchi g‘isht qo‘yish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Ilzat Kasimov, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon hamda «ROBOTIS» kompaniyasi prezidenti Kim Byong Su ishtirok etdilar.

1999 yilda asos solingan Janubiy Koreyaning «ROBOTIS» kompaniyasi avtonom robototexnika sohasida jahon yetakchilaridan biri sanaladi. Aktivlari 2,5 mlrd dollarini tashkil etuvchi ushbu yirik korxonaning AQSh, Yaponiya va Xitoyda vakolatxonalari mavjud. Kompaniya texnologiyalaridan Amazon, Microsoft, Apple, NASA, Google, Samsung va BMW kabi dunyoga mashhur gigantlar keng foydalanib kelmoqda.

«Ushbu strategik loyiha O‘zbekiston sanoatini yuqori texnologiyalar bosqichiga olib chiqadi. Loyiha doirasida mingdan ortiq malakali yangi ish o‘rinlari yaratilishi, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribaning transfer qilinishi kutilmoqda. Bu esa mamlakatimizni Markaziy Osiyoda robototexnika bo‘yicha yetakchi markazga aylantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi», — deyiladi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring