Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor atmosferani o‘rganish uchun aerologik shar uchirildi

O‘zbekistonda ilk bor atmosferani o‘rganish uchun aerologik shar uchirildi

Foto: O‘zgidromet

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Buxoro viloyatida ilk bor aerologik shar muvaffaqiyatli uchirildi. Mazkur muhim voqea gidrometeorologiya sohasini yanada rivojlantirish, atmosferaning yuqori qatlamlarini o‘rganish hamda ob-havo prognozlari aniqligini oshirishda yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.

Aerologik sharga o‘rnatilgan zamonaviy meteozond qurilmasi parvoz davomida atmosferaning turli balandliklaridagi havo harorati, nisbiy namlik, atmosfera bosimi, shamol tezligi va yo‘nalishi kabi muhim meteorologik ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida qayd etadi va ularni yerdagi qabul qilish stansiyasiga uzatadi.

Olingan aerologik ma’lumotlar sinoptik tahlillarni amalga oshirish, ob-havo prognozlari aniqligini oshirish, xavfli gidrometeorologik hodisalarni erta aniqlash, shuningdek, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarni ishonchli gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring