O‘zbekistonda mobil internet abonentlari soni qancha?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida O‘zbekistonda mobil aloqa orqali internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 33,3 million nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2015-yildagi 7,8 million nafarga nisbatan 25,5 millionga ko‘p. O‘n yil davomida mobil internet abonentlari soni 4,3 barobarga oshgan.
Yillar kesimida ham o‘sish izchil davom etgan. 2016-yilda abonentlar soni 9 million, 2017-yilda 10,3 million, 2018-yilda 12,7 millionni tashkil etgan.
2019-yilda mobil internet abonentlari 15,7 million, 2020-yilda 17,9 million, 2021-yilda 21 million nafarga yetgan. 2022-yilda esa ko‘rsatkich 24 millionni tashkil qilgan.
2023-yilda mobil internet abonentlari soni 27,1 million, 2024-yilda 29,2 million nafar bo‘lgan. 2025-yil yakuniga kelib esa bu ko‘rsatkich 33,3 million nafarga yetgan.
Shunday qilib, 2015-yildan 2025-yilgacha abonentlar soni qariyb har yili o‘sib borgan. Eng katta mutlaq o‘sish 2024-yildan 2025-yilga o‘tishda kuzatilgan — 4,1 million nafar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter