O‘zbekistonlik hamshiralar Saudiya Arabistoniga taklif qilinyapti
Migratsiya agentligi Saudiya Arabistonining tibbiyot klinikalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda.
Bunda nomzodlardan oliy hamshiralik ishi yoo‘nalishida bakalavr yoki hamshiralik ishi bo‘yicha o‘rta-maxsus diplomga ega bo‘lish so‘ralgan.
Tanlovlar joriy yil noyabr oyida Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlarida onlayn va oflayn tartibda bo‘lib o‘tadi ( joyi va sanasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi).
Ish beruvchilar – Saudiya Arabistonidagi Saudi German Hospital (SGH), Dr. Soliman Fakeeh Hospital, Dr. Sulaiman, Al Habib Medical Group (HMG), Abeer Medical Group kabi klinikalar hisoblanadi.
Tanlovda tibbiyot sohasida bakalavr yoki o‘rta-maxsus diplomi hamda sohada kamida 1 yillik tajribasi bor, 45 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollar ishtirok etishlari mumkin.
Turar joy ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi. Oylik maoshi esa 1000–1500 AQSh dollari miqdorida va’da qilinmoqda.
Shuningdek, aviabilet xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.
Nomzodlardan ingliz tilini muloqot darajasida bilish (arab tilini bilganlarga ustunlik beriladi) so‘raladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter