Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zenergoinspeksiya»ga yangi rahbar tayinlandi

«O‘zenergoinspeksiya»ga yangi rahbar tayinlandi

Energetika bo‘yicha nazorat inspeksiyasiga rahbar tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan: 

Ahadxon Ikromjonovich Isoqjonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.U avval Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 

Dadajon Aynaqulovich Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. 

Avvalroq Sherzod Xodjayev energetika vaziri etib tayinlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring