Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident AQSh senatorini qabul qildi

Prezident AQSh senatorini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda AQSh Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokusning hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qildi.

O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari parlamentlararo aloqalarga, xususan, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus faoliyatiga yuqori baho berdi.

Ikki tomonlama hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda, AQShning yetakchi kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalarining soni ko‘paymoqda.

Keyingi oylarda rekord qiymatdagi kelishuv va shartnomalar imzolandi. Bu galgi tashrif davomida yangi iqtisodiy hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. AQSh Kongressi mazkur kelishuvlarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashi muhim ekani ta’kidlandi.

Senator Stiv Deyns vakillik qilayotgan Montana shtati bilan faol hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Shtat ishbilarmonlarining delegatsiyasini O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring