Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident farmoni bilan bir guruh geologlar taqdirlandi

Prezident farmoni bilan bir guruh geologlar taqdirlandi

Foto: xs.uz

O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonda ta’kidlanishicha, mukofotlar geologiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnat, qazilma boyliklar geologiyasi va qidiruv ishlarini rivojlantirish, strategik mineral resurslarni aniqlashdagi xizmatlar uchun berilgan.


«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan:

Muminov Tolibjon Xoliyorovich - «Navoiyuran» davlat korxonasining «Zirabuloq» geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi;
Ergashev Elmurod Xasanovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari – bosh geologi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:

Nuraliyev Raxmonali Azimovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi burg‘ilash uchastkasi burg‘ilovchisi;
Yallakabilov Gulom - «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasining Markaziy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi yetakchi gidrogeologi.

«Do‘stlik» ordeni bilan:

Bogdanov Aleksandr Nikolayevich - Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutining neft va gaz konlari geologiyasi hamda istiqbolli ob’yektlarni baholash laboratoriyasi boshlig‘i;
Shukurov Nosir Egamovich - H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining geokimyo laboratoriyasi boshlig‘i.

«Shuhrat» medali bilan:

Aripov Shaxobiddin Paxritdinovich - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi eksperti;
Jo‘rayev Sherali Izatilloyevich - «Navoiyuran» davlat korxonasining geologiya va qidiruv bo‘yicha direktori;
Zairov Ilxom Matazimovich - «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining «Avtomobil va texnologik transporti» filiali og‘ir yuk mashinasi haydovchisi;
Sayitov Hamza Qahharovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi buldozer mashinisti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring