Prokuratura to‘rt hududda dollar ayirboshlayotganlarni ushladi
Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.A. fuqaro S.Q.ga 4 000 AQSh dollarini 48,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Bekobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.M. fuqaro G.A.ga 4 000 AQSh dollarini 48 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.I. fuqaro R.N.dan 3 800 AQSh dollarini 45,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Kasbi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlar bilan shug‘ullanib kelgan T.Q. fuqaro N.X.ga 3 600 AQSh dollarini 43,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter