Qashqadaryoda 2,5 mln so‘m pora olgan elektr korxonasi xodimi ushlandi
Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan elektromontyor ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Nishon tumani ETK elektromontori A.I. xizmat mavqeyidan foydalanib, 4 mln so‘m evaziga fuqaro Sh.X.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilib, oldindan 1,5 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 2,5 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter