Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda bog‘cha tarbiyalanuvchilari jaziramada ochiq maydondagi tadbirga jalb qilindi

Qashqadaryoda bog‘cha tarbiyalanuvchilari jaziramada ochiq maydondagi tadbirga jalb qilindi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq tarmoqda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi bog‘chalardan birida «Dolzarb 90 kun» tadbiri o‘tkazilib, bolalar issiq ob-havoda ochiq maydondagi tadbirga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Holat joriy yilning 8 iyul kuni yuz bergan.

Ma’lum qilinishicha, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan barcha hududiy bo‘limlarga anomal issiq kunlarda «Dolzarb 90 kun» tadbirlarini ochiq maydonlarda emas, imkon qadar salqin va yopiq joylarda tashkil etish hamda o‘quvchilar salomatligi va xavfsizligini ustuvor vazifa sifatida ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Holatga, shuningdek, Bolalar ombudsmani ham munosabat bildirdi.

Ombudsman jazirama yoz kunlarida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida bolalar salomatligini himoya qilish zarurligini eslatib, ta’lim muassasalarini ochiq havoda o‘tkaziladigan tadbirlarni cheklashga chaqirdi.

Bunday tadbirlar bolalar salomatligiga zarar yetkazishi hamda belgilangan xavfsizlik standartlariga zid bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Yuqori harorat va to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlari ostida bolalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilishi zarurligi qayd etildi.

Bolalar ombudsmani jazirama davrida ta’lim muassasalarida bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring