Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda «Yoshlar — kelajak bunyodkorlari» V xalqaro ekologiya qurultoyi o‘tkazilmoqda

Qashqadaryoda «Yoshlar — kelajak bunyodkorlari» V xalqaro ekologiya qurultoyi o‘tkazilmoqda

10-15 avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi "Lochin" bolalar oromgohida “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.

Qurultoyda Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlari, shuningdek, yurtimizning barcha hududlaridan eko-faollar, jami 800 ga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 35 daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi. Shuningdek, jamoalar o‘zlarini ko‘rgazmali chiqishlar orqali tanishtirishdi. Bunda asosiy e’tibor jamoalar tomonidan ilgari surilayotgan ekologik g‘oyalarga qaratildi.

Tadbir doirasida bir qator tanlov va musobaqalar, taqdimot va ko‘rgazmalar, uchrashuvlar, plogging va aksiyalar, loyiha hamda tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Shu bilan bir qatorda, qurultoydan “Eng yaxshi ekologik loyiha”, “Eng yaxshi “Yosh ekologlar” harakati Kengashi”, «Eko-zakovat» va “Quvnoqlar va zukkolar” xalqaro musobaqalari va boshqa tanlovlar o‘rin olgan.

Xalqaro qurultoy yoshlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni ekologiyani asrab-avaylashga keng jalb etish, ekologiya sohasidagi istiqbolli g‘oyalar hamda loyihalarini ro‘yobga chiqarish, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring