Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi liga va klublardan JCh-2026 ga eng ko‘p futbolchi yo‘l oldi

Qaysi liga va klublardan JCh-2026 ga eng ko‘p futbolchi yo‘l oldi

Foto: Luxticket.com

Tez kunlarda boshlanadigan futbol bo‘yicha JCh-2026 da 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va ularning tarkibiga jami 1 248 nafar futbolchi jalb etilgan.

Ushbu futbolchilarning 166 nafari Angliya chempionati vakillari hisoblanadi, bu dunyodagi barcha milliy ligalar ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Klublar orasida peshqadam — «Manchester Siti», uning 19 nafar futbolchisi jahon chempionatida ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov ham bor.

Jahon birinchiligiga eng ko‘p futbolchi yuborayotgan klublar ro‘yxatida «shaharliklar»dan keyin quyidagi klublar joylashdi: «Bavariya» (18), «Arsenal» va «PSJ» (16 nafardan), «Barselona» (14), «Manchester Yunayted» va «Kristal Pelas» (13), «Atletiko» (12), «Al-Hilol», «Al-Nasr», «Borussiya-D», «Galatasaroy» va «Liverpul» (11), «Milan», «PSV», «Real» va «Slaviya» (10).

Milliy chempionatlar orasida esa mundialdagi futbolchilar soni bo‘yicha APLdan keyin yetakchi o‘nlikka quyidagilar kirdi:

  • Bundesliga (101 o‘yinchi)
  • La Liga (82)
  • Liga 1 (81)
  • A Seriya (66)
  • Saudiya Superligasi (46)
  • MLS (43)
  • Turkiya Superligasi (43)
  • Angliya Chempionshipi (37)
  • Niderlandiya Erediviziyasi (34).

JCh-2026 uch mamlakat — AQSh, Kanada va Meksika hududida 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring