Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva Klod Imoven boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Klod Imoven boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashdi. 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDEF International) huzuridagi O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi,«Orano» kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. 

«Biz energetika, ta’lim, suv ta’minoti tizimi, transport va shahar infratuzilmasi kabi ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilganmiz», deya ma’lum qilgan Saida Shavkatovna. 

Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotimizning uzviy va mantiqiy davomidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring