Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat avvalida Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, Prezident Serdar Berdimuhamedovning ham ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muloqotda O‘zbekiston–Turkmaniston strategik sherikligini yanada mustahkamlash, savdo, transport, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yil kuzda Avaza shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter