Shimoliy Koreya Binance bo‘yicha ayblovlarga keskin javob qaytardi
AQShning Shimoliy Koreyaga qarshi Binance kriptobirjasidan 6,3 milliard dollar o‘g‘irlaganlikda ayblovlari provokatsiya hisoblanadi, dedi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Jong. Uning bayonoti Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida keltirilgan.
«AQSh butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan barcha kiberfiribgarlik holatlarini bizning ishimiz sifatida ko‘rsatish orqali xalqaro jamoatchilik fikrini chalg‘itayotgani aniq va jiddiy siyosiy provokatsiyadir», deb ta’kidladi Kim Yo Jong.
Kim Yo Jong shuningdek, Vashingtonning o‘z javobgarligiga ishora qilib, AQSh rasmiylarining o‘g‘irlangan kriptovalyuta aktivlarini strategik rezerv uchun musodara qilish to‘g‘risida e’lon qilganini eslatdi. Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari AQShning dushmanona pozitsiyasi tufayli Pxenyan «turli jihatlarda bir qator masalalarni qayta ko‘rib chiqishi kerak» bo‘lishini ta’kidladi.
Binance kriptobirjasiga xakerlik hujumi haqida 30-oktyabr kuni xabar berilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xakerlik DevOps muhandisining noutbukidan ma’lumotlarning sizib chiqishi tufayli sodir bo‘lgan.
FQB o‘g‘irlikda Shimoliy Koreyaning TraderTraitor xakerlar guruhini aybladi. AQSh prezidenti Donald Tramp agentlikning xulosalarini shubha ostiga qo‘ydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter