Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
U «Vatan» filmidagi Qurbon roli bilan tomoshabinlarga mashhur edi.
Kinoaktyor «Omad», «So‘nggi lahza», «Hijron», «Nazar», «Yigit yig‘lamasin», «Aldangan ko‘ngil», «Mehr» kabi ko‘plab badiiy filmlar va bir qancha milliy teleseriallarda rollar ijro etgan.
Ijodkor O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati» kafedrasida talaba yoshlarga ta’lim berib kelayotgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter