Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tishlarni tez-tez tozalash zararli — shifokor

Tishlarni tez-tez tozalash zararli — shifokor

Illyustrativ foto

Tishlarni tozalashga haddan tashqari berilish og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin, deya ogohlantirdi stomatolog-terapevt Viktoriya Cherednichenko.

Ta’kidlanishicha, hozirda stomatologlar o‘z bemorlarini har bir ovqatlanishdan keyin tishlarini tozalashga undashmaydi. Tishlarni muntazam tozalash profilaktikaning muhim jihati hisoblansada, tishlarni parvarishlashda ikkita xavfli jihat mavjud.

«Ba’zi odamlar tishlarini kuniga bir marta tozalaydi yoki buni umuman unutishadi, ayrimlar esa aksincha, tish gigiyenasiga haddan ziyod ko‘p e’tibor berishadi. Har ikki holat ham yaxshi emas», — dedi mutaxassis.

Eng yaxshisi kuniga ikki marta — ertalab va kechqurun tishlarni tozalashdir. Tishlarni ko‘p yuvish ularning shikastlanishi va yemirilishga olib kelishi mumkin.

Tishlarni ertalab nonushtadan keyin va kechki payt uyqudan oldin yumshoq yoki o‘rtacha qattiqlikdagi cho‘tka va past abraziv ko‘rsatkichli pasta yordamida tozalash tavsiya qilinadi. Bunda tish va milklarga qattiq bosim o‘tkazmaslik kerak va jarayon 2-3 daqiqa davom etishi kerak. Tish cho‘tkasini vaqtida — kamida uch oyda bir marta almashtirish muhim.

Albatta, tishlarim sog‘lom bo‘lsin desangiz, muntazam stomatolog maslahatini olib turing!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring