Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Toshkent viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Tegishli qarorlarga muvofiq, Jahongir Mamajonov va Ruslan Kunarov viloyat rahbariyati tarkibidan o‘rin oldi.

Jahongir Mamajonov Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U 1978-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, moliya va iqtisodiyot hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi.

Tayinlovga qadar J.Mamajonov AQShdagi «JM Group» kompaniyalari bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Ruslan Kunarov esa Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur lavozim O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori asosida faqat Toshkent viloyati uchun joriy etilgan bo‘lib, boshqa hududlarda bunday vazifa mavjud emas.

Ruslan Kunarov 1986-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U soliqlar va soliqqa tortish sohasi bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi.

Tayinlovdan oldin R.Kunarov Yangiyo‘l tumanidagi «BIO KORM» xususiy korxonasida ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha maslahatchi vazifasida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring