Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Germaniyadan pochta orqali yuborilgan og‘u aniqlandi

Toshkentda Germaniyadan pochta orqali yuborilgan og‘u aniqlandi

Foto: Xavfsizlik

Germaniyadan pochta orqali yuborilgan «og‘u» to‘xtatib qolindi. 

​«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga chek qo‘yildi.

​Jumladan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan 2001-y.t. Chernogoriya fuqarosi mazkur tumandagi pochta bo‘limida Germaniya davlatidan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida xolislar ishtirokida to‘xtatildi.

​Jo‘natma belgilangan tartibda tekshirilganda, unda sport anjomlari ichiga yashirilgan 3 kg «Klefedron» va 1 kg «gashish» giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

​Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, xorijiy fuqaroning vaqtinchalik yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, jami 30 gr og‘irlikdagi «Alfa-PVP» narkotik moddasidan iborat 11 dona tayyor zakladkalar, zip-paketlar, elektron tarozi va boshqa buyumlar borligi ma’lum bo‘ldi.

​Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring