Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi
Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi hamda elektr tarmoqlariga tushgan yuqori yuklama sabab elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarda texnik nosozliklar yuzaga keldi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, soat 14:30 holatiga Olmazor, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Zangiota tumanlaridagi 8 250 nafar iste’molchining elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus avariya-ta’mirlash brigadalari nosozliklarni bartaraf etish va iste’molchilarni elektr ta’minotiga qayta ulash ishlarini olib bormoqda.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘rab, elektr ta’minotidagi rejali va rejadan tashqari uzilishlar haqida tegishli tuman elektr ta’minoti korxonalari hamda Toshkent shahri va viloyati hokimliklarining rasmiy Telegram guruhlari orqali muntazam ma’lumot berib borilayotganini ma’lum qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter