Tramp Eronning tinchlik rejasini rad etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan taqdim etilgan yangi tinchlik rejasini «qabul qilib bo‘lmaydigan» deb atadi. U bu haqda Isroilning «Kan» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Pokiston orqali Vashingtonga yetkazilgan reja 14 banddan iborat. Unda AQSh qo‘shinlarini Yaqin Sharqdan chiqarish, dengiz blokadasini bekor qilish, sanksiyalarni olib tashlash, muzlatilgan Eron aktivlarini foydalanishga chiqarish va reparatsiyalar to‘lash kabi talablar ilgari surilgan.
Shuningdek, rejada Ho‘rmuz bo‘g‘ozi faoliyatini tiklash va urushni barcha frontlarda to‘xtatish masalalari ham ko‘zda tutilgan. Manbalarga ko‘ra, avval bir oy ichida blokada va mojaroni tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish, shundan so‘ng yadro dasturi yuzasidan alohida kelishuvga erishish taklif etilgan.
Tramp esa bu takliflarga munosabat bildirib, Tehron «hali yetarlicha tovon to‘lamaganini» aytdi va reja uni qoniqtirmasligini bildirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter