Tramp ishtirok etayotgan tadbirdan evakuatsiya qilindi
AQShdagi Oq uy muxbirlari uyushmasi tadbirida kutilmagan holat yuz berdi. Tadbir o‘tayotgan paytda mehmonxona holida o‘q ovozlari eshitilgani sababli xavfsizlik xizmati ishtirokchilarni zudlik bilan evakuatsiya qildi.
Donald Tramp, uning turmush o‘rtog‘i hamda boshqa mehmonlar xavfsiz joyga olib chiqildi. Ko‘plab ishtirokchilar banket zalida stollar ostiga yashirinishga majbur bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa «Washington Hilton» mehmonxonasida sodir bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan, gumonlanuvchi esa tez orada qo‘lga olingan.
«Reuters» ma’lumotiga ko‘ra, qurollangan shaxs xavfsizlik xizmatini yorib o‘tishga uringan va xodimga qarata o‘q uzgan. Ammo xodim bronejiletda bo‘lgani uchun jarohat olmagan.
Tramp o‘zining «Truth Social» tarmog‘idagi sahifasida o‘zi va turmush o‘rtog‘i hamda vitse-prezidentning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, tadbir xavfsizlik nuqtai nazaridan boshqa vaqtga qoldiriladi. Hozirda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Oq uy jurnalistlari uyushmasi kechasi AQShda har yili o‘tkaziladigan nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. Unda an’anaviy ravishda mamlakat prezidentlari ishtirok etib, matbuot erkinligiga bag‘ishlangan nutq so‘zlaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter