Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda (foto)

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda (foto)

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qardoshlik aloqalari madaniy hamkorlik tufayli yanada mustahkamlanmoqda. Shu yilning 27 aprel kuni Xiva shahrida o‘tayotgan «Lazgi» festivali doirasida ikki davlat Madaniy hamkorlik qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat madaniyat vazirlari o‘rinbosarlari boshchiligidagi mutaxassislar madaniy merosni asrash, muzey va kino sohasidagi aloqalar hamda ijodiy almashinuv masalalarini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida sohani rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma bayonnoma imzolandi.

Turkiya tomoni qardosh O‘zbekiston bilan madaniy rishtalarni yangi loyihalar orqali izchil davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Bu kabi tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ma’naviy yaqinlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring