Turkiyada o‘zbekistonliklar qurgan «Buxoro» masjidi ochildi
Turkiyaning Xatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida qurilgan yangi masjid foydalanishga topshirildi.
«Dunyo» agentligi xabariga ko‘ra, masjidga Turkiyaning murakkab davrlardan birida o‘zbek xalqi ko‘rsatgan beg‘araz yordami va birdamligi uchun minnatdorlik ramzi sifatida «Buxoro» nomi berildi.
Yangi ibodat maskani 3,2 mingga yaqin xonadonni o‘z ichiga olgan yirik turarjoy massivining markazida joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi. Bino zamonaviy arxitektura, qulay sharoitlar va estetik dizayni bilan ajralib turadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va gumanitar hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter