Turkiyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar soni keskin oshdi
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistondan Turkiyaga turistik maqsadlarda 127 ming 241 nafar fuqaro safar qildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,2 ming nafarga yoki 24,7 foizga ko‘p.
Statistika mamlakatlar o‘rtasidagi turistik almashinuv sur’ati izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. Turkiya o‘zbekistonliklar uchun eng ommabop xorijiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Qayd etilishicha, Turkiyaga safar qilganlarning 104 ming 289 nafari sayohat maqsadida yo‘lga chiqqan. Bu umumiy tashriflarning eng katta qismini tashkil etgan.
Shuningdek, 19 ming 629 nafar fuqaro qarindoshlarini yo‘qlash uchun Turkiyaga borgan. Davolanish maqsadida safar qilganlar soni 1 ming 608 nafarni tashkil etgan.
Xizmat yuzasidan Turkiyaga 967 nafar, o‘qish maqsadida esa 748 nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter