Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polsha bosh vaziri «Ukraina urushini hal qiluvchi 100 kun» haqida gapirdi

Polsha bosh vaziri «Ukraina urushini hal qiluvchi 100 kun» haqida gapirdi

Foto: AP Photo

Polsha Bosh vaziri Donald Tusk keyingi 100 kun Ukrainadagi mojaroda hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, tomonlarning maqsadlariga erishish imkoniyatlari hozirda taxminan teng va ko‘p narsa AQSh rahbariyatining qarorlari kabi tashqi omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Janob Tusk xususiy sektor vakillari ham muhim rol o‘ynashini ta’kidlab, misol tariqasida mintaqadagi axborot oqimlariga ta’sir qiluvchi Ilon Mask va uning Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlarini keltirdi. U Polsha Ukrainaga barcha zarur yordamni, jumladan, Patriot raketa tizimi uchun raketalarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha harbiy yordam paketlarini taqdim etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishini ta’kidladi.

Polsha Bosh vaziri shuningdek, Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini darhol boshlash tarafdori bo‘lgan yevroformatni (Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya) tanqid qildi. «Polsha ishtirok etmaydigan har qanday kelishuvlar biz uchun majburiy emas», deb ta’kidladi Tusk va bir qator Yevropa ittifoqchilari uning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring