Xalq shoiri Sharifa Salimova olamdan o‘tdi
O‘zbekiston xalq shoiri Sharifa Salimova 5 avgust kuni 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Uning dastlabki to‘plamlari «Hayot zavqi»,«Mening bahorim» adabiy jamoatchilik va kitobxonlar tomonidan ijobiy baholandi.
Ijodkorning «Xizr bulog‘i»,«Yetti oqqush»,«Giyohlar bilan tillashgan inson»,«Ayolga ehtirom»,«Tongga qasam»,«Diydor saodati»,«Olimlik va odamiylik»,«Vatan suvrati»,«Vafoning iffat yo‘li»,«Bedor tun tomchilari» kabi she’riy va publitsistik asarlari e’lon qilingan.
Shuningdek,«Qaddingni tik tut, ayol!»,«Vatan»,«Ona nidosi»,«Davlatli sultonim mening»,«Dunyo»,«Onajon tilim»,«Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!» singari musiqiy taronalar san’at xazinasi va muxlislar qalbidan chuqur joy oldi.
O‘tgan asrning 20 yillarida, tahlikali bir sharoitda olis Germaniyaga borib o‘qigan va mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan o‘zbek ayollari taqdiriga bag‘ishlab, 2024-yilda «Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar» deb nomlangan epik ko‘lamli she’riy roman yozgan.
U 1999–2009-yillarda Oliy Majlis deputati, Oila va ayollar muammolari komissiyasi raisi kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Sharifa Salimova «O‘zbekiston xalq shoiri»,«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvonlari va «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter