Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xizmat sifati va shaffof boshqaruv: Raqamli hukumatda yangi yondashuv

Xizmat sifati va shaffof boshqaruv: Raqamli hukumatda yangi yondashuv

Zamonaviy boshqaruvda xizmatlar sifatini oshirish va korrupsiyaning oldini olish — bir-biriga uzviy bog‘liq jarayonlar. Buning uchun har bir faoliyat shaffof va aniq nazoratda bo‘lishi lozim.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida tashkil etilgan navbatdagi o‘quv seminari aynan ushbu tamoyillarni amaliyotga chuqur tatbiq etishga bag‘ishlandi.

«CERT International» xalqaro tashkiloti ekspertlari ishtirokida o‘tgan mashg‘ulotda Markaz xodimlariga xalqaro ISO 37001 va ISO 9001 standartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Xalqaro auditor Alisher Alimov hamda konsultant Bekzod Yusupov ish jarayonida ehtimoliy xavflarni oldindan baholash va audit jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bunday o‘quv tadbirlari Markazda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini yanada kuchaytirish va xizmatlar sifatini xalqaro talablar darajasida doimiy takomillashtirib borishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring