Yangi Toshkent hududida yong‘in yuz berdi: tafsilotlar
FVV Yangi Toshkent hududida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Bugun, 8-sentyabr kuni Yangi Toshkent hududidagi qurilish obyektining yuqori qismida qurilish mahsulotlari yonayotganligi to‘g‘risida 112 tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter