Sun’iy intellektga 2050-yilgacha 32 trillion dollar sarflanishi kutilmoqda
Sun’iy intellekt rivoji dunyoda ulkan sarmoya talab qilmoqda. PwC hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050-yilgacha SI infratuzilmasiga 32 trillion dollarga yaqin mablag‘ sarflanishi mumkin. Mablag‘larning katta qismi sun’iy intellekt ishlashi uchun zarur bo‘lgan data-markazlar, serverlar va maxsus chiplarga yo‘naltiriladi.
Mutaxassislarga ko‘ra, server va chiplarni uzoq yillar ishlatib bo‘lmaydi. Ular texnologiya tez rivojlanayotgani sababli taxminan har 4–6 yilda yangilanishi kerak. Agar sun’iy intellektga talab hozirgidan ham tezroq oshsa, umumiy xarajat 50 trillion dollargacha yetishi mumkin. Bu mablag‘lar elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ham keskin oshiradi. Chunki millionlab serverlar ishlashi uchun ulkan miqdorda elektr energiyasi zarur.
Shu tariqa, sun’iy intellekt uchun kurash endi faqat eng kuchli dasturni yaratish bilan cheklanmaydi. Kimda ko‘proq server, chip va energiya bo‘lsa, SI poygasida ustunlikka erishishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter