PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari tabiiy fanlar bo‘yicha 91 davlat orasida 48-o‘rinni egalladi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi. O‘zbekiston ushbu tadqiqotda ikkinchi marta ishtirok etdi. Tadqiqotda mamlakatdagi 233 ta maktabdan 8 ming 652 nafar 15 yoshli o‘quvchilar qatnashdi.
O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi. PISA 2022 tadqiqotida mamlakatning natijasi 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan edi.
Shu tariqa, uch yil ichida O‘zbekistonning tabiiy fanlar bo‘yicha natijasi 83 ballga oshdi, reytingdagi o‘rni esa 32 pog‘onaga yuqoriladi.
«Raqamli dunyoda o‘rganish» yo‘nalishida O‘zbekiston 402,4 ball bilan 72-o‘rinni qayd etdi.
Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter