Yil boshidan buyon 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgan

Prezident Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha yechim topilishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgani, 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari uchrayotgani, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barchani – hokimlar, «mahalla yettiligi», nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi qayd etildi.
Oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi ta’kidlandi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter