Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralariga oid shartnomani ma’qulladi

Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralariga oid shartnomani ma’qulladi

Ta’kidlanishicha, shartnoma uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuviga, chegaradosh hududlarning iqtisodiy hamkorligining kuchayishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Shartnoma 2025 yil 31 mart kuni Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi chog‘ida imzolangan. Unga muvofiq uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtaning aniq joylashuvi hamda shu hududda davlat chegaralari chiziqlarining o‘tishi belgilab qo‘yildi.

"Mazkur shartnoma uch qardosh mamlakatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan muhim qadam sifatida qayd etiladi.

Shartnoma uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuviga, chegaradosh hududlarning iqtisodiy hamkorligining kuchayishiga, chegaraoldi savdo hajmining o‘sishiga, infratuzilmaviy loyihalarni hamohang amalga oshirishga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring