Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron va AQSh ikki haftalik sulhga erishdi

Eron va AQSh ikki haftalik sulhga erishdi

Foto: Anadolu

AQSh va Eron urushida muhim burilish yuz berdi. 

AQSh prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi zudlik bilan ochilishi sharti bilan Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qildi.

Amerika prezidenti 7-aprel kuni soat 20:00 muddatini belgilab, Erondan bo‘g‘ozni ochishni va sulh e’lon qilishni talab qildi. Aks holda, u Eronning elektr stansiyalari va ko‘priklariga zarba berish bilan tahdid qildi.

Eron hukumati sulhga roziligini rasman tasdiqladi va mamlakat «buyuk g‘alaba qozonganini» va «jinoyatkor Amerikani 10 banddan iborat rejasini qabul qilishga majburlaganini» aytdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tish Eron qurolli kuchlari bilan muvofiqlashtirilishini ma’lum qildi.

Muzokaralarda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif vositachi bo‘lgan. 

Isroil ham Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatishga qo‘shiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring