Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Foto: Mudofaa vazirligi.

Markaziy harbiy okrug “Kattaqo‘rg‘on” poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi va Ozarboyjon mudofaa vazirliklarining bo‘linmalari ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotiga start berildi

14-oktyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik doirasidagi eng katta o‘quvlaridan biri – “Birlik – 2025” Mintaqaviy birgalikdagi o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston so‘nggi yillarda xalqaro harbiy hamkorlik yo‘nalishida katta yutuqlarga erishib, ko‘plab davlatlar bilan harbiy va harbiy-texnik yo‘nalishlarda – zamonaviy bilim va tajriba almashish, harbiy soha bo‘yicha sheriklikni tubdan kengaytirish, hamkorlikda harbiy o‘quvlarni o‘tkazish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida qator kelishuvlarga erishdi. 

Ochilish marosimida ta’kidlanganidek, bir necha kunga mo‘ljallangan o‘quvning maqsadi – mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, harbiy hamkorlikni kuchaytirish, jahonda tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlik va inqirozli holatlar, yuzaga kelayotgan yangi xavf-xatar va tahdidlar sharoitida zamonaviy chaqiriqlarga samarali qarshi turishda yaqin sherikchilik aloqalarini yanada kuchaytirishdir. 

Xususan, “Birlik – 2025” Mintaqaviy birgalikdagi o‘quvida ishtirokchilar hozirgi zamon jangovar tajribadan kelib chiqqan holda jang olib borishning eng samarali uslub va usullarini qo‘llash, uzoq masofalardagi nishonlarni ishonchli yo‘q qila oladigan artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari, zirhli texnika va boshqa qurollarning imkoniyatlaridan foydalanib, qo‘yilgan o‘quv-jangovar vazifani birgalikda bajaradi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring