Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy qanday qilib dunyoning ikkinchi iqtisodiga aylandi? Davra suhbatidan xulosalar

Xitoy qanday qilib dunyoning ikkinchi iqtisodiga aylandi? Davra suhbatidan xulosalar

Toshkentda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan  “Xitoy mening nigohimda” mavusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida XXRning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Van Sziveya ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga yuksak baho berdi.

Xitoyda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik olim va jurnalistlar “Xitoyning iqtisodiy taraqqiyoti va ochiqlik siyosati”, “Xitoyda qashshoqlikka qarshi kurash”, “Xitoyda innovatsiya va yuqori texnologiyalar”, “Xitoyda “yashil” boshqaruv va ekologik sivilizatsiya” mavzularida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. So‘zga chiquvchilar, o‘z safarlaridan chiqargan xulosalari sifatida, Xitoy 1978 yilda Den Syaopin boshlagan ochiqlik va islohotlar siyosatini amaldagi Xitoy rahbari Si  Szinpin sobitqadamlik bilan olib borayotgani tufayli shu darajaga yetganligini ta’kidlab o‘tishdi. Islohotlar tufayli Xitoy:

- Bozor iqtisodiyotiga o‘tdi;

- Xorijiy investitsiyalarni jalb qila oldi;

- Xususiy sektor rivojlandi;

- Yangi iqtisodiy zonalar tashkil etildi.

Ko‘rilgan mana shu choralar iqtisodiyotning tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Xitoy jahonga ochildi, savdo-sotiq rivojlandi, yangi texnologiyalar joriy qilindi. Ishlab chiqarish va eksport o‘sdi.

Xitoydagi ochiqlik va islohotlar siyosatini bosqichlarga bo‘lsak, birinchi bosqich 1978-1992-yillarni qamrab olib, unda asosiy e’tibor  qishloq xo‘jaligini isloh qilishga qaratildi.  Jamoa xo‘jaliklari o‘rniga mustaqil boshqaruv yo‘lga qo‘yildi. Agrar islohotlar tufayli qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish ortdi.  Qishloq aholisi ta’lim, tibbiyot va boshqa imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Qishloqdagi islohot samara bergach, tajriba shaharlarga ko‘chirildi. Dunyoga ochilish tufayli Maxsus erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.

Ikkinchi bosqich 1992-2013-yillarni qamrab olib, islohotlar chuqurlashtirildi.  Bu davrda sotsialistik bozor iqtisodiy tizimi barpo etildi.  Shanxay va Shenchjen fond birjalari tashkil etildi, Xitoyning materik qismida kapital bozori paydo bo‘ldi. Ichki va tashqi investitsiya birdan oshdi va Xitoyda import va eksport ko‘paib bordi. 2001 yilda Xitoy Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘ldi.  2010-yilda Xitoy iqtisod bo‘yicha Yaponiyani quvib o‘tdi va jahon iqtisodida ikkinchi  davlatga aylandi.

Uchinchi bosqich xokimiyatga Si Szinpin kelishi bilan 2013-yilda boshlandi. O‘sha yili  Shanxay erkin savdo  zonasi tashkil etildi, «Bir yo‘l,bir belbog‘» tashabbusi ilgari surildi. 2018-yilda Xaynan erkin savdo porti qurila boshlandi. Bu davrga kelib Xitoyning jahon savdosidagi hissasi 30 foizga yetdi va dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Kambag‘allar soni 740 million kishiga qisqardi. Bolalarning 95 foizi maktabga bordi. Bir milliarddan ortiq kishi bazoviy pensiya sug‘urtasiga ega bo‘ldi. 130 milliondan ortiq kishi tibbiyot sug‘urtasiga ega bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring