Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduqodir Husanov 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Abduqodir Husanov 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

«Goalpost» nashri tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning «Manchester Siti» klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish jarayonida Husanov qit’aning bir qator umidli futbolchilarini ortda qoldirgan. Ular orasida Avstraliya, Indoneziya, Koreya Respublikasi va Iroq vakillari ham bor.

Ayni paytda Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisi sifatida ham qayd etilgan. Husanov 2025-yil boshida Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan bo‘lib, transfer qiymati 40 million funt sterlingni tashkil etgan.

Shuningdek, Abduqodir Husanov «The Athletic» nashri tomonidan tuzilgan Jahon chempionatida ishtirok etuvchi eng kuchli 100 nafar futbolchi reytingida 86-o‘rinni egalladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring