JCh-2026: Kongo DR Yamaykani mag‘lub etib, O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy oldi
JCh-2026 qit’alararo pley-off bosqichining hal qiluvchi bahsida Kongo DR terma jamoasi Meksikaning Gvadalaxara shahrida Yamayka bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 100-daqiqasida afrikaliklar himoyachisi Aksel Tuanzebe burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Ushbu yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi va Kongo DRga 52 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.
Shu tariqa, Kongo DR JCh-2026ning «K» guruhidan joy oldi va u yerda O‘zbekiston, Portugaliya hamda Kolumbiya terma jamoalari bilan kurashadi.
Qit’alararo pley-off
Kongo DR — Yamayka — 1:0
Gol: Tuanzebe, 100.
Kongo DR tarkibi: Mpasi-Nzau, Van-Bissaka, Mbemba, Tuanzebe, Masuaku, Elia, Sadiki, Moutoussami, Mbuku, Bakambu, Vissa.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter