Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kannavaroning ilk o‘yinida O‘zbekiston Kuvaytni yengdi

Kannavaroning ilk o‘yinida O‘zbekiston Kuvaytni yengdi

Foto: O‘FA

FIFA kunlaridan o‘rin olgan O‘zbekiston - Kuvayt xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘yin italiyalik bosh murabbiy Fabio Kannavaroning O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk debyut o‘yini bo‘ldi. 

O‘yinning 10-daqiqasida jamoa sardori Eldor Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib Hojimat Erkinov hisobni 2:0 ko‘rinishiga yetkazdi. 

Ikkinchi bo‘limda, 68-daqiqada jamoamiz foydasiga penalti belgilandi. Ammo, Otabek Shukurov penaltini aniq ijro eta olmadi. 

Endi vakillarimiz 13-oktyabr kuni Urugvayga qarshi maydonga tushadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring