O‘zbekiston terma jamoasining Urugvayga qarshi tarkibi e’lon qilindi

Urugvayga qarshi o‘ynaydigan O‘zbekiston termasi tarkibi aniq bo‘ldi.
Fabio Kannavaro mazkur bahsda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Kuvaytga qarshi yig‘inning birinchi qismida ishtirok etgan bir qator futbolchilarga dam berilib, yangi futbolchilar jalb etildi.
Kuvayt bilan bahs uchun yig‘inga chaqirilganlardan Farruh Sayfiyev ("Neftchi"), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron) va Abbosbek Fayzullayev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), jarohat tufayli tarkibdan tushib qolgan. Yangi nomlardan Ruslan Jiyanov ("Navbahor") va Husayn Norchayev ("Nasaf") Urugvay bilan bahsga olib ketiladi.
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor")
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Muhammadqodir Hamraliyev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Jahongir O‘rozov ("Dinamo"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Dilshod Saitov ("Paxtakor")
Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Baniyas", BAA), Abdurauf Bo‘riyev ("Paxtakor"), Azizjon G‘aniyev ("Al Bataeh", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Aziz Turg‘unboyev ("Paxtakor"), Oston O‘runov ("Persepolis", Eron), Ruslan Jiyanov ("Navbahor")
Hujumchilar: Husayn Norchayev ("Nasaf"), Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Igor Sergeyev ("Paxtakor").
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter